Главная » 2017 » Май » 30 » Toshkentda avtomobil o‘g‘risi qo‘lga tushdi
17:39

Toshkentda avtomobil o‘g‘risi qo‘lga tushdi


Joriy yilning 25 may kuni taxminan soat 10:45 da noma’lum shaxs Yunusobod tumani Bog‘ishamol ko‘chasida fuqaro Risolat Xidirovaga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtoulovni olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan Yunusobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 267-moddasi 2-qismi “g” bandi (transport vositasini talon-toroj qilish maqsadida o‘g‘irlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi.

Dastlabki tergov jarayonida, mazkur avtoulov Yunusobod tumani, Amir Temur ko‘chasida topilib, unga o‘rnatilgan videokuzatuv moslamasi noma’lum shaxs tomonidan o‘g‘irlab ketilgani aniqlangan.

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida mazkur jinoyat Mirjahon Mirsaydullaev tomonidan sodir etilgani aniqlanib, undan o‘g‘irlangan videokuzatuv moslamasi daliliy ashyo sifatida olingan.

Mirsaydullaevga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobil o‘g‘risi, Toshkentda, qo‘lga tushdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя