Главная » 2017 » Апрель » 5 » Toshkentda ayol haydovchi birinchi sinf o‘quvchisini urib yubordi
21:34

Toshkentda ayol haydovchi birinchi sinf o‘quvchisini urib yubordi


Toshkent shahar Yashnobod tumanida “Matiz” avtomobili haydovchisi yosh bolani urib yubordi. Bola darhol kasalxonaga yetkazildi, deb xabar berdi Nuz.uz.

Xabarga ko‘ra, 1 aprel kuni 37 yoshli ayol “Matiz” avtomobilida “Aviasozlar-4” mavzesida 244-maktabning 1-sinf o‘quvchisini urib ketgan. Toshkent IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, bola 4-shahar klinik shifoxonasiga olib kelingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bola yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘quvchi, urib yubordi, birinchi sinf, Toshkentda, Ayol haydovchi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя