Главная » 2019 » Декабрь » 25 » Toshkentda bayram munosabati bilan qo‘shimcha «stoyanka»lar tashkil etiladi
00:28

Toshkentda bayram munosabati bilan qo‘shimcha «stoyanka»lar tashkil etiladi


Poytaxtimizda bayram tadbirlari o‘tkazilishi munosabati bilan 2020 yilning 10 yanvariga qadar aholi qulayligi uchun avtomobillarga qo‘shimcha turar joylari tashkil etildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar beradi.

Yo‘llarning ayrim qismlarida harakat cheklanmaydi va ulardan avtoturargoh sifatida foydalanish mumkin bo‘ladi:

  • Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan O‘zbekiston shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Amir Temur shoh ko‘chasining Amir Temur xiyobonidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Buxoro ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Taras Shevchenko ko‘chasigacha hamda Zarafshon ko‘chasidan Sharof Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismlarida;
  • Matbuotchilar ko‘chasining Sharof Rashidov shoh ko‘chasidan Amir Temur xiyobonigacha bo‘lgan qismida;
  • Sharof Rashidov shoh ko‘chasining Matbuotchilar ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismidagi bir tomoni;
  • Olmazor ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Afrosiyob ko‘chasining Beshyog‘och ko‘chasidan Yunus Rajabiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Buyuk Turon ko‘chasining Islom Karimov shoh ko‘chasidan Alisher Navoiy shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida (ko‘chaning ushbu qismi avval xabar qilinganidek yopilmaydi);
  • Istiqlol  ko‘chasining Istiqbol ko‘chasidan Mustaqillik shoh ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
  • Istiqbol ko‘chasining Istiqlol ko‘chasidan Shaxrisabz ko‘chasigacha bo‘lgan qismida.

Shuningdek, tadbirlar o‘tkaziladigan hududlardagi bir nechta avtoturargohlar haqida eslatib o‘tilgan:

  1. 50-sonli maktab ro‘parasida
  2. «Oloy» bozorining yonida
  3. «Xalqlar do‘stligi» saroyi yonidagi ikkita avtoturargoh
  4. «Humo Arena» muz saroyi yonidagi avtoturargoh.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя