Главная » 2017 » Апрель » 6 » Toshkentda bosqinchi voyaga yetmagan qizni o‘ldirmoqchi bo‘ldi
18:57

Toshkentda bosqinchi voyaga yetmagan qizni o‘ldirmoqchi bo‘ldi


Bugun, 6 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga qarashli 171-umumiy o‘rta ta’lim maktabida profilaktik tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda o‘z muxbirimiz xabar berdi.

Unda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari polkovnik Yo.Abdullaev, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik J.Xoliqov, Mirzo Ulug‘bek tumani prokurori o‘rinosari D.Zufarov va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 22 yanvar kuni soat taxminan 17:30 larda Mirzo Ulug‘bek tumani Alpomish mahallasida yashaydigan fuqaro Mashkevich xonadoni eshigi taqillaydi. Fuqaro Yemelyanov go‘yoki eski buyumlarni sotib olmoqchiligini aytadi. Mashkevichning voyaga yetmagan qizi eshikni ochgach, Yemelyanov uni urib, yerga qulatadi va qizni bo‘g‘a boshlaydi.

Qiz baland ovozda yordam chaqiradi. Mashkevich bilan bir uyda istiqomat qiluvchi qo‘shni ayol T.Abduxoliqova yordam ovozini eshitib, qo‘shnisining eshigini ochishga urinadi, biroq eshik ichkaridan yopilgan edi.

Shu zahoti ayol qo‘l telefoni orqali IIBga tel qilib, voqea haqida axborot beradi va jinoyatchini chalg‘itish maqsadida xonadon eshigini qattiq-qattiq taqillatishga tushadi. Chamasi 7-8 daqiqadan keyin voqea joyiga yetib kelgan tuman IIB xodimlari eshik buzib, fuqaro Yemelyanovni qo‘lga olishadi.

Mazkur holat bo‘yicha fuqaro Yemelyanovga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-, 164-moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Bugun bo‘lib o‘tgan profilaktik tadbirda Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari Yo.Abdullaev ayol kishi bo‘lishiga qaramasdan, jinoyatchidan qo‘rqmagan T.Abduxoliqovani taqdirlab, qimmatbaho sovg‘a topshirdi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: voyaga yetmagan, bosqinchi, Toshkentda, Qiz, o‘ldirmoqchi bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя