Главная » 2020 » Июнь » 30 » Toshkentda bozorlarni dezinfeksiya uchun yopish jadvali tasdiqlandi
09:38

Toshkentda bozorlarni dezinfeksiya uchun yopish jadvali tasdiqlandi


Toshkent shahar hokimligi "Munitsipal aktivlarni boshqarish markazi" DUK boshqaruvidagi 20 ta bozor va savdo kompleksi uchun belgilab olingan tozalik kunlari jadvalini taqdim etdi.

Ma’lum qilinishicha, tozalik kunida bozor va savdo kompleksi to‘liq yopilib, sanitariya-epidemiologik tadbirlar, shu jumladan kuchaytirilgan tarzda (total) dezinfeksiya o‘tkaziladi.

Tozalik kunlari jadvali:

Dushanba — «Chilonzor buyum savdo kompleksi» AJ, «Chorsu buyum savdo kompleksi» AJ, «Aviasozlar dehqon bozori» AJ, «Chilonzor dehqon bozori» AJ, «Eski Juva dehqon bozori» AJ, «Yunusobod dehqon bozori» AJ, «Bek to‘pi savdo kompleksi» MCHJ, «Parkent universal savdo kompleksi», «Yangiobod ixtisoslashgan bozori» MCHJ, «Iste’molda bo‘lgan transport vositalari va ehtiyot qismlar Sergeli bozori» MCHJ

Seshanba — «Mirobod dehqon bozori» AJ, «Sirg‘ali dehqon bozori» AJ, «Farhod dehqon bozori» AJ, «Qo‘ylik dehqon bozori» AJ

Chorshanba — «Askiya dehqon bozori» AJ, «Navro‘z dehqon bozori» AJ, «Qoraqamish dehqon bozori» AJ

Juma — «O‘rikzor savdo kompleksi» MCHJ

Yakshanba — «Oloy dehqon bozori» AJ, «Toshkent qishloq xo‘jalik mahsulotlari ulgurji bozori» AJ (yakshanba kuni soat 12:00dan 20:00gacha)

Eslatib o‘tamiz, har haftada bir marotaba bozorlar yopilib, ularda dezinfeksiya tadbirlari o‘tkazilishi Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan belgilangan edi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda bozorlarni, jadvali tasdiqlandi, dezinfeksiya uchun yopish | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя