Главная » 2020 » Май » 8 » Toshkentda Buyuk Britaniya universitetlaridan biri ochiladi
18:40

Toshkentda Buyuk Britaniya universitetlaridan biri ochiladi


Toshkent shahrida nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi Britaniya menejment universiteti tashkil etiladi. Bu haqda bugun, 8 may kuni qabul qilingan “Toshkent shahridagi Britaniya menejment universitetini tashkil etish to‘g‘risida” Hukumat qarorida so‘z boradi.

Qarorga muvofiq, universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda ingliz tilida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, universitetda dastlabki bosqichda quyidagi bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar qabul qilinadi:

- “Loyihalarni boshqarish”;

- “Logistika va yetkazib berish zanjirlarini boshqarish”;

- “Tadbirkorlik va innovatsiyalar”;

- “Xalqaro elektron tijorat”;

- “Raqamli iqtisodiyot”.

Universitetda ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi hamda bitiruvchilarga O‘zbekistonda oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan belgilangan namunadagi diplom beriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, Buyuk Britaniya, universitetlaridan, biri ochiladi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя