Главная » 2021 » Апрель » 24 » Toshkentda chiroyli avtoraqam auksionda 441,5 mln so‘mga sotildi. Bu shu vaqtgacha O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat raqam
10:29

Toshkentda chiroyli avtoraqam auksionda 441,5 mln so‘mga sotildi. Bu shu vaqtgacha O‘zbekistonda sotilgan eng qimmat raqam


O‘zbekistonda avtomobil raqami sotuvi bo‘yicha rekord o‘rnatildi, deya xabar qilmoqda Spot.

Qayd etilishicha, 2021-yilning dastlabki uch oyida o‘zbekistonliklar chiroyli avtoraqamlar sotib olish uchun 62 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ sarflagan. Bu chiroyli avtoraqamlar sotuvga chiqarila boshlanganidan beri eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Taqqoslash uchun, bu ko‘rsatkich 2018-yilning birinchi choragida 12,1 milliard so‘m, 2019-yilda 36,2 milliard so‘m, 2020-yilda 43,2 milliard so‘m bo‘lgan edi.

Bundan tashqari, bitta raqamning narxi bo‘yicha ham yangi rekord o‘rnatildi. Toshkent shahriga tegishli bo‘lgan raqam auksionda 441,5 million so‘mga sotilgan.

Ushbu raqam tarkibida 777 soni borligi aniq, qolgan son va belgilari oshkor qilinmagan. Ma’lum qilinishicha, bu 30 Z 777 ZZ raqami emas, chunki yangi raqam Toshkentda ro‘yxatdan o‘tgan.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning noyabrida haydovchilarga istalgan harf kombinatsiyalari bilan chiroyli raqamlarni sotib olishga ruxsat berilgan. Bunda avtoraqamlarning boshlang‘ich narxi odatdagidan ancha yuqori bo‘ladi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qimmat, avtoraqam, raqam, Chiroyli, auksionda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя