Главная » 2016 » Октябрь » 27 » Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi
17:17

Toshkentda dahshatli YTH yuz berdi


Bugun, 27 oktabr kuni Facebook tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida dahshatli YTH sodir bo‘lgani haqida xabar tarqaldi.
 
Toshkent-Yangiyo‘l trassasida oq rangdagi Spark avtomobili yo‘l chetidagi simyog‘ochga borib urilgan. Aniqrog‘i, suratda ko‘rinib turganidek, qattiq zarbdan ustun Spark avtomobili o‘rtasigacha kirib qolgan.
 
Ushbu baxtsiz hodisa qanday yuz bergani ko‘pchilikni o‘ylantiryapti. Ma’lumotlarga ko‘ra, mashina holati ayanchli bo‘lishiga qaramay, haydovchi omon qolgan. Voqea joyiga zudlik bilan tez yordam ham YoPX xodimlari yetib kelgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
 
Saytimizni kuzatib boring, ushbu voqea haqida batafsil ma’lumot berishga harakat qilamiz.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, dahshatli YTH | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя