Главная » 2017 » Апрель » 21 » Toshkentda farzandini sotayotgan ona jinoyat ustida ushlandi
09:19

Toshkentda farzandini sotayotgan ona jinoyat ustida ushlandi


Joriy yilning 13 aprel kuni Toshkent shahar Chilonzor tumanida bir ona ko‘proq pul topish maqsadida o‘zining voyaga yetmagan 4 yoshli farzandini sotayotgan paytda jinoyat ustida qo‘lga olindi.

Bu haqda bugun, 20 aprel kuni Toshkent shahar IIBBda bo‘lib o‘tgan brifingda xabar berildi. Ma’lum bo‘lishicha, ayol bolasini 14 ming 100 AQSh dollariga pullayotgan paytda jinoyat ustida daliliy ashyolar bilan qo‘lga olingan.

Ayolga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi "a" bandi, ya’ni odam savdosi bilan shug‘ullainsh bo‘yicha jinoiy ish ochildi.

4 yoshli bolakay esa Toshkent IIBBga qarashli Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga topshirildi. Hozirda uning ahvoli yaxshi.

Brifingda namoyish etilgan videorolik orqali bola o‘z tengqurlari bilan o‘ynar ekan, "men onamni yaxshi ko‘raman, onamni sog‘indim", dedi.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ushlandi, toshkent, farzandini sotayotgan, ona, jinoyat ustida | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя