Главная » 2021 » Январь » 3 » Toshkentda fuqarolar nega YPX xodimlari bilan mushtlashdi?
23:44

Toshkentda fuqarolar nega YPX xodimlari bilan mushtlashdi?


Ijtimoiy tarmoqda "Bir necha fuqarolar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatmoqda" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma’lumot berildi.

Unga ko‘ra, 2020 yilning 31 dekabr kunidan 2021 yilning 1 yanvar kuniga o‘tar kechasi soat 04:00 larda, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Muqumiy ko‘chasida "Matiz" rusumli avtomobil haydovchisi YPX xodimining to‘xtash ishorasiga bo‘ysunmasdan harakatlangan. Chilonzor tumani, Qatortol ko‘chasida haydovchi boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil beton to‘siq ustiga chiqib to‘xtagan.  Avtomashinada bo‘lgan 4 nafar fuqaro hodisa joyiga yetib kelgan IIBB YPX va PPX xodimlarining qonuniy talablarini bajarmasdan o‘tkir tig‘li jismlar bilan qarshilik ko‘rsatgan. 

Fuqarolardan bir nafari ushlanib tuman IIBga olib kelingan.Qolgan 3 nafar fuqaro hodisa joyidan yashiringan.

Hozirda barcha fuqarolar shaxsiga aniqlik kiritilib, hodisa yuzasidan Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 277-moddasi 3-qismi "g" bandi tartibida jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, mushtlashdi, YPX | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя