Главная » 2020 » Декабрь » 27 » Toshkentda «GAZ3110» baland ko‘prik ustidan pastga quladi
11:13

Toshkentda «GAZ3110» baland ko‘prik ustidan pastga quladi


Toshkent shahar IIBB YHXB navbatchilik qismiga joriy yilning 27-dekabr kuni soat 04:30 larda tushgan xabarga ko‘ra, Toshkent shahar, Mirobod tumani, Turkiston ko‘chasi bo‘ylab haydovchi, 1977-yilda tug‘ilgan M.G. «GAZ3110» rusumli avtomobilda harakatlanayotib, avtomobil ko‘prigiga yetgan vaqtida boshqaruvni yo‘qotib pastga, KXAY ko‘chasiga tushib ketgan.

Natijada, haydovchi 43 yoshli M.G. va avtomobil salonida bo‘lgan yo‘lovchi birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish maqsadida shifoxonaga olib ketilgan.

Mazkur YTH yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilib, hodisa sodir bo‘lish sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

«Barcha haydovchilardan belgilangan qoidalarga, tezlik me’yoriga amal qilib, ob-havo sharoitini inobatga olgan holda harakatlanishlarini so‘rab qolamiz», deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: quladi, baland, ko‘prik, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя