Главная » 2018 » Апрель » 11 » Toshkentda hamkasb, Surxondaryoda mahalladosh pichoqlandi
13:06

Toshkentda hamkasb, Surxondaryoda mahalladosh pichoqlandi


9-aprel kuni Toshkent va Surxondaryo viloyatlarida o‘zaro janjal oqibatidagi ikki qotillik qayd etildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Shu kuni soat 22:00 atrofida Bo‘stonliq tumani, G‘azalkent shahrida yashovchi, “Konvin” AJ ishchisi, 1989-yilda tug‘ilgan U.Baratov “Bo‘stonliq sut” korxonasi binosi oldida mojaro asnosida birga ishlagan tanishi, 1996-yilda tug‘ilgan X.Orazovning ko‘krak va qorin qismlariga pichoq bilan urib, jarohat yetkazdi.

X.Orazov kasalxonaga yotqizildi, biroq ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etdi. U.Baratov qo‘lga olindi.

Surxondaryo viloyatining Muzrabot tumanida soat 23:00 larda Chegarachi mahallasida yashovchi, 1997-yilda tug‘ilgan N.Qurbonov mahalladoshi, 1999-yilda tug‘ilgan R.Boybo‘riyevning uyi oldida uning qorniga pichoq urib, jarohat yetkazdi.

R.Boybo‘riyev kasalxonaga yotqizildi, ammo ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay, hayotdan ko‘z yumdi. N.Qurbonov ushlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, Surxondaryo, hamkasb, mahalladosh, pichoqlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя