Главная » 2020 » Ноябрь » 19 » Toshkentda harakatdagi avtobuslar soni ko‘paytirildi
10:30

Toshkentda harakatdagi avtobuslar soni ko‘paytirildi


Toshkentda havoning keskin sovishi natijasida ko‘chalarda transportdan foydalanishda bir qator muammolar yuzaga kelishi inobatga olinib, fuqarolardan shaxsiy avtomobillaridan foydalanmaslik so‘ralyapti.

Shuni inobatga olib, "Toshshahartransxizmat" aksiyadorlik jamiyati bugun 19 noyabr kuni fuqarolarning shaxsiy transportlaridan foydalanmasliklarini tavsiya etgan holda, jamoat transporti (avtobuslar) sonini maksimal darajada ko‘paytirishini ma’lum qildi.

Quyida 19 noyabr poytaxt bo‘ylab harakatdanadigan avtobuslar soni va qaysi avtobus saroyidan nechta avtobus harakatlanishi haqida ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin:

1. 1-Avtobus saroyi: 107 ta 
Katta sig‘imli: 46 ta
Kichkina sig‘imli: 59 ta

2. 2-Avtobus saroyi: 121 ta
Katta sig‘imli: 76
Kichkina sig‘imli: 45 ta

3. 4-Avtobus saroyi: 104 ta
Katta sig‘imli: 50 ta
Kichkina sig‘imli: 54 ta

4. 5-Avtobus saroyi: 90 ta
Katta sig‘imli: 35 ta
Kichkina sig‘imli: 55 ta

5. 7-Avtobus saroyi: 118 ta
Katta sig‘imli: 52 ta
Kichkina sig‘imli: 64 ta

6. 8-Avtobus saroyi: 174 ta
Katta sig‘imli: 90 ta
Kichkina sig‘imli: 84 ta

7. 12-Avtobus saroyi: 133 ta
Katta sig‘imli: 55 ta
Kichkina sig‘imli: 78 ta

8. 18-Avtobus saroyi: 144 ta
Katta sig‘imli: 66 ta
Kichkina sig‘imli: 78 ta

Umumiy hisobda 991 ta avtobus yo‘nalishga chiqarilishi belgilangan.

Avvalroq, FVV mamlakatdagi noqulay ob-havo sharoiti hafta oxirigacha saqlanib qolishini ma’lum qilgandi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘paytirildi, avtobuslar, Toshkentda, harakatdagi | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2020 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя