Главная » 2021 » Февраль » 9 » Toshkentda ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib, mashina kapoti ustida videoga tushgan yigit va uning sherigi 5 sutkaga qamaldi
23:23

Toshkentda ichki ishlar xodimi kiyimini kiyib, mashina kapoti ustida videoga tushgan yigit va uning sherigi 5 sutkaga qamaldi


Ijtimoiy tarmoqlarda ichki ishlar xodimi formasini kiyib olib, avtomobil kapoti ustiga chiqqan yigit videosi tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu videotasvir bo‘yicha ma’lumot berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yil 6-fevral kuni Internet tarmog‘ida tarqalgan videoda ichki ishlar organlari xodimining formasida bo‘lgan noma’lum shaxs avtotransport kapotida bo‘la turib yo‘l bo‘ylab harakatlangan. Mazkur videolavhani suratga tushirishda qatnashgan kishilarning shaxslari Yunusobod tumani IIO FMB xodimlari tomonidan aniqlandi.

Tekshiruv davomida aniqlanishicha, 2021-yil 18-yanvar kuni 24 yoshli Abdurahmon Z. tanishi 24 yoshli Alim K. bilan birga videolavha suratga olish niyatida do‘konlardan birida ichki ishlar organi xodimining formasini ijaraga olgan, shuningdek, bozordan yo‘l-patrul xizmati xodimining jezliga o‘xshash jezl ham xarid qilgan.

Mazkur shaxslar tanishi 34 yoshli Otabek K.dan davlat raqami 10 G 603 SA bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomobilni vaqtinchalik foydalanish niyatida olgan, ammo uni boshqarishga huquqi bo‘lmagan.

Shundan so‘ng Yunusobod tumani, Turg‘unboyev ko‘chasi, “Iftixor” mahallasida Alim K. ichki ishlar organi xodimining formasini kiygan holda qo‘lida jezl bilan avtomobil kapotiga yotgan. Shu tarzda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining obro‘ va sha’niga zarar yetkazuvchi videolavha suratga olinib, Internet tarmog‘ida tarqatilgan.

Ikkala shaxsga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 209-1-moddasi (vazirliklar, idoralar va tashkilotlar xodimlarining formali kiyim-boshini qonunga xilof ravishda kiyib yurish) bo‘yicha ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Bundan tashqari, Abdurahmon Z.ga nisbatan transport vositasini ishonchnomasiz boshqargani uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 135-moddasi (Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablarini buzish) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomobil esa jarima maydonchasiga joylandi.

Yunusobod tumani jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan Alim K. va Abdurahmon Z.ga nisbatan besh sutkalik ma’muriy qamoq jazosi belgilandi.

Bundan avval Sirdaryoda ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit 8 sutkaga qamalgani, Buxoroda davlat raqam belgisini soxtalashtirib, qonundan qochishga uringan haydovchilar aniqlangani hamda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolar sabab 28 nafar ichki ishlar xodimi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mashina, Ichki ishlar, kapoti, qamaldi, sutkaga | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя