Главная » 2017 » Июнь » 27 » Toshkentda ikkita fohishaxona yopildi
18:28

Toshkentda ikkita fohishaxona yopildi


Joriy yilning 22 iyun, payshanba kuni taxminan soat 19:00larda, Bektemir tumani IIB xodimlari o‘tkazgan “Oriyat” tadbiri davomida Ismatullayeva Venera Rafikovna Bektemir tumanida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 20.000 so‘m pul evaziga fuqaro “S” va “G” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Ushbu voqeaning ertasi, 23 iyun, juma kuni taxminan soat 14:00larda, Mirzo Ulug‘bek tumani IIB xodimlari o‘tkazgan tezkor tadbir natijasida, muqaddam sudlangan Maripov Vyacheslav Zekirovich Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan xonadonida fohishaxona saqlab, 30.000 so‘m pul evaziga fuqaro “R” va “K” larga jinsiy aloqa qilishlari uchun sharoit yaratib bergani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Bektemir tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 131-moddasi 2-qismi (fohishaxona saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, ikkita, Fohishaxona, yopildi, Fohisha | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя