Главная » 2018 » Апрель » 27 » Toshkentda jiddiy o‘zgarishlar: metro bekati, san’at saroyi va ko‘cha qayta nomlanadi
22:23

Toshkentda jiddiy o‘zgarishlar: metro bekati, san’at saroyi va ko‘cha qayta nomlanadi


Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida “Obod qishloq” dasturiga muvofiq qishloqlarni obodonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Ushbu yig‘ilishda Prezident Mirziyoev Ikkinchi jahon urushi yillarida yuksak mehr-muruvvat va oqibat ko‘rsatgan Shoahmad Shomahmudovlar oilasining jasoratini alohida qayd etib o‘tdi.

Shuningdek, Mirziyoev ushbu oilaning urush yillari ko‘rsatgan qahramonligini e’tirof etgan holda Toshkentning Shayxontohur tumanidagi ko‘chaga Shomahmudovlar oilasi nomini qaytarish kerakligini ta’kidladi.

Prezident Shomahmudovlar oilasining xalqlar do‘stligi ifodachisi ekanini ta’kidlab, “Istiqlol” san’at saroyi nomi va maydoni, bundan tashqari shu yerdagi Bunyodkor metro bekatini ham “Xalqlar do‘stligi” nomi bilan qayta nomlashga topshiriq berdi.

Ikkinchi Jahon urushi yillarida turli millatlarga mansub bo‘lgan 15 nafar bolani o‘z qanotiga olgan Shoahmad va Bahri Shomahmudovlar oilasining xalqlar do‘stligini ifoda etib turuvchi haykallari Toshkent shahridagi “Istiqlol” san’at saroyining maydoniga ko‘chirilishini ma’lum qilgan edik.


VIDEONI KO'RISH

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: ko‘cha, san’at saroyi, qayta nomlanadi, metro bekati, jiddiy o‘zgarishlar, toshkent | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя