Главная » 2021 » Апрель » 20 » Toshkentda “kachelya” uchmoqchi bo‘lgan bola baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi
14:12

Toshkentda “kachelya” uchmoqchi bo‘lgan bola baxtsiz hodisa qurboni bo‘ldi


Joriy yil 17 aprel kuni Toshkentda 8 yoshli bolaning ustiga temir sirpanchiq tushib ketgan. Natijada u voqea joyida vafot etgan. Bu haqda marhumning otasi Bosh prokuratura va Prezident Administratsiyasiga yo‘llagan ochiq xatida aytmoqda.

Hodisa Toshkentning Suvsoz dahasidagi ko‘p qavatli uylarning orasida joylashgan bolalar maydonchasida sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, bolalar maydonchasida ta’mirlash ishlari olib borilgan va obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari bolalar maydonchasining ta’mirlanayotgan qismini to‘sib qo‘ymagan, ya’ni ta’mirlash ishlari xavfsizlik qoidalariga rioya qilmasdan olib borilgan.

17 aprel kuni bola maydonchada o‘ynab yurib, sirpanchiqning qotirilmagan ustuniga behosdan tegib ketishi natijasida temir ustun ustiga ag‘darilib ketgan.

Marhumning otasi mahalla vakillari qurilish ishlarida xavfsizlik choralarini ko‘rmaganini aytmoqda. Uning ta’kidlashicha, to‘siq qo‘yilmagan mazkur hududda xavfsizlik yoki tartibni saqlash uchun mas’ul shaxslar bo‘lmagan, natijada har qanday bola o‘yin maydonchasiga kirishi mumkin bo‘lgan.

Marhum bolaning oila a’zolari Bosh prokuratura va Prezident Administratsiyasidan qurilish va ta’mirlash ishlariga mas’ul bo‘lgan shaxslarga nisbatan tegishli chora ko‘rishni so‘ramoqda.

Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmatiga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Bektemir tumani IIB tomonidan Jinoyat kodeksining 258-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Shuningdek, qator ekspertizalar, jumladan, sud-tibbiyot va sud qurilish-texnik ekspertizasi tayinlangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: baxtsiz hodisa, uchmoqchi, qurboni, Toshkentda, Bola, kachelya | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя