Главная » 2020 » Май » 10 » Toshkentda karantin vaqtida restoranlardan biri ish boshladi. Nega?
20:44

Toshkentda karantin vaqtida restoranlardan biri ish boshladi. Nega?


Bugun Toshkentda restoranlardan biri, karantin bo‘lishiga qaramay, ish boshlagan. Bu haqda gazeta.uz xabar qildi.

Bugun Toshkentdagi restoranlarning biri karantin qoidalariga amal qilgan holda ish boshlashi haqida xabarlar tarqaldi. Buning natijasida tarmoqlarda ushbu holat keskin muhokamlalarga sabab bo‘ldi. Chunki Respublika maxsus komissiyasining 2020 yil 8 maydagi yig‘ilishi bayoniga muvofiq tuman (shahar)larni ko‘ngilochar ob’ektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o‘yinlari markazlari faoliyatiga yo‘l qo‘ymaslik belgilab qo‘yilgan edi.

Gazeta.uz tahririyatining ma’lum qilishicha, hozirda poytaxt Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish joylari uchun karantin qoidalarini yumshatish rejalashtirilmoqda. Shu sababdan ham Toshkentdagi restoranlarning biri tajriba tariqasida tanlangan.


Manba: "aniq.uz"
| Теги: restoranlardan, karantin vaqtida, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя