Главная » 2017 » Август » 2 » Toshkentda kelishmovchilik sababli o‘smir yigit tengdoshini pichoqlab qo‘ydi
11:09

Toshkentda kelishmovchilik sababli o‘smir yigit tengdoshini pichoqlab qo‘ydi


Toshkent shahri Uchtepa tumanida qasddan og‘ir tan jarohati yetkazish bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi.

2017 yilning 29 iyun kuni Uchtepa tumani hududida taxminan soat 15:10larda, voyaga yetmagan Halilullo Akbarov tengdoshi Behruz Alimovga o‘tkir tig‘li jism bilan og‘ir tan jarohati yetkazdi.

Og‘ir jarohatlangan Behruz Alimov voqea sodir bo‘lgan joydan zudlik bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni paytda dastlabki surishtiruv-tergov ishlari boshlab yuborilgan.

Zohirshoh Jo‘raev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: pichoqlab qo‘ydi, toshkent, o‘smir yigit, sababli, kelishmovchilik, tengdosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя