Главная » 2020 » Июнь » 3 » Toshkentda koronavirus bemorlarining yana biri vafot etdi
21:56

Toshkentda koronavirus bemorlarining yana biri vafot etdi


Sog‘liqni saqlash vazirligi Toshkentda koronavirusga chalingan bemorlardan biri o‘pka-yurak yetishmovchiligi va bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etgani to‘g‘risida xabar qildi.

«Toshkentlik M.da 2 iyun kuni Covid-19 aniqlanib, Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan edi. 72 yoshli (erkak) bemor uzoq yillardan buyon  yurak ishemik kasalligi, zo‘riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019 yillarda u ikki marta miokard infarktini o‘tkazgan.

Bemorning davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining nufuzli mutaxassislari nazoratida bo‘lgan. Bundan tashqari, Respublika Shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi shifokorlari tomonidan konsiliumlar o‘tkazib turilgan. Biroq mutaxassislarning belgilangan standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan jonlantirish bo‘limida sun'iy nafas olish apparatida bo‘lgan bemor o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan vafot etdi», deyiladi xabarda.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Koronavirus, vafot etdi, Toshkentda, bemorlarining | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя