Главная » 2020 » Апрель » 29 » Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 8 bemorning ahvoli og‘ir
11:38

Toshkentda koronavirusdan davolanayotgan 8 bemorning ahvoli og‘ir


Toshkent shahridagi klinikalarda COVID-19 kasalligidan davolanayotgan bemorlarning 8 nafari og‘ir ahvolda qolyapti. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i, Respublika bosh davlat sanitariya inspektori Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

“Virusologiya ilmiy-tekshirish institutidan olingan ma’lumotga ko‘ra, ushbu institut klinikasida davolanayotgan 86 bemorning 16 nafarida pnevmoniya klinik belgilari kuzatilyapti, 2 nafarining ahvoli og‘ir, 1 nafarining ahvoli o‘ta og‘ir.

Epidemiologiya-mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish institutida davolanayotgan 79 bemordan 1 nafarining ahvoli og‘ir. 

Toshkent tibbiyot akademiyasi ko‘p tarmoqli klinikasida davolanayotgan 105 bemordan 26 nafarida pnevmoniya klinik belgilari bor, 4 nafarining ahvoli og‘ir, deb baholanyapti”, dedi Nurmat Otabekov.

Eslatib o'tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Ayni vaqtgacha virus yuqtirganlar 1955 nafarga yetdi. Bugungacha bemorlarning 992 nafari sog'aygan va 8 nafari vafot etgan. Hozirda 955 kishi koronavirusdan davolanyapti.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: koronavirusdan, bemorning, davolanayotgan, Toshkentda, ahvoli og‘ir | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя