Главная » 2020 » Май » 19 » Toshkentda koronavirusdan davolanganlar 800 ga yaqinlashdi
16:02

Toshkentda koronavirusdan davolanganlar 800 ga yaqinlashdi


Bugun, 19 may kuni Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 17 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 7 nafar, jami 24 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning 8 nafari erkak, 9 nafari ayol bo‘lib, 11 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, 1 nafardan Samarqand, Sirdaryo, Xorazm va Surxondaryo viloyatlaridan. Ularning 13 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. 1 nafari Sharja-Toshkent yo‘nalishida, yana 1 nafari Sankt-Peterburg-Toshkent yo‘nalishida charter reyslari bilan, 1 nafari Tojikistondan, yana 1 nafari esa Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan va karantinga  olingan. Koronavirus aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 47 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 14 yoshda. 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan tuzalganlarning barchasi erkak, 1 nafardan Jizzax, Xorazm, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Samarqand viloyatlaridan va yana bir nafari Rossiya Federatsiyasidan. Ulardan 6 nafari chet eldan (3 nafari Rossiyadan, 1 nafardan Qozog‘istondan, Tojikistondan va Litvadan) kelgan bo‘lib, karantinga  olingan. Koronavirus aniqlangach, shifoxonaga yotqizilgan. Bir nafar fuqaro esa koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Bemorlar orasida eng yoshi kattasi 49 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 20 yoshda. 

Toshkent shahrida shu paytga qadar 772 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 796 nafarga yetdi.

Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 2338 nafarni tashkil etmoqda.

 


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, davolanganlar, koronavirusdan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя