Главная » 2020 » Май » 22 » Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 873 nafarga yetdi
18:17

Toshkentda koronavirusdan sog‘ayganlar soni 873 nafarga yetdi


Toshkent shahrida 25 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 22 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 22 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 3 nafar, jami 25 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor butunlay sog‘aydi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan sog‘ayganlarning 12 nafari koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan. Qolgan 10 nafari esa chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, tuzalganlarning 11 nafari Toshkent viloyatidan, 4 nafari Surxondaryo viloyatidan, 3 nafari Toshkent shahridan, 2 nafari Qashqadaryo viloyatidan, 1 nafardan Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan. Bemorlardan 12 nafari erkak, 10 nafari ayollardir. Ular orasida eng yoshi kattasi 65 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 4 yoshda.
 

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida sog‘ayganlar 1 nafardan Toshkent shahri, Sirdaryo va Namangan viloyatlaridan. Sog‘ayganlarning 1 nafari 52 yoshli erkak, 2 nafari 59 yoshli ayol va 10 yoshli qizaloq. Ulardan 2 nafari chet eldan kelgan va karantinga olingan. Ularda koronavirus infeksiyasi aniqlangach, klinikaga yotqizilgan, 1 nafar fuqaro esa kasallikni koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali yuqtirib olgan.

Ma’lumot uchun, Toshkent shahrida shu paytga qadar 848 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 873 nafarga yetdi. Shunday qilib, bugun shu paytgacha 56 nafar bemor sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi. Hozirda mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar soni 2463 nafarni tashkil etmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sog‘ayganlar, Toshkentda, koronavirusdan, nafarga yetdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя