Главная » 2018 » Февраль » 27 » Toshkentda kuchli bo‘ron!
21:05
Toshkentda kuchli bo‘ron!

Qishning bir kuni qolsa ham, qishligini unutma, deb shunga aytishsa kerak. O‘zbekistonning boshkenti Toshkentda yangi hafta bahor havosi bilan qarshilangandi. Bugun, 27 fevral kuni quyosh nuri bilan siyladi, bahor nafasi sezilib turardi.

Ammo ob-havo injiqligini yana ko‘rsatdi. Bir necha daqiqa avval Toshkentda kuchli bo‘ron boshlandi. Shamol ortidan do‘l oraladi. Keyin esa kuchli yomg‘ir boshlandi. Hozir (soat 20:35)ga qadar shamol tingani yo‘q. Tahririyatimiz xodimlarining o‘rganishlari natijasida aniqlanishicha, kuchli bo‘ron Toshkent shahrining hamma burchagida birdek sezilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazidan bugun, 27 fevral kuni Toshkent shahrida 20 daraja issiq bo‘lishi, ayrim vaqtlarda yomg‘ir yog‘ishi xabar qilingan edi. G‘arbdan soniyasiga 7-12 metr tezlikda, ba’zi hududlarda 17-22 m/s shamol bo‘lishi aytilgan. Ayni damda (soat 20:35)dagi havo harorati 14 daraja iliqni tashkil etmoqda. Havodagi namlik esa 57 foiz. Yomg‘ir tingani yo‘q, qorga aylanishi kutilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | Просмотров: 1537 | Добавил: ADMIN | Теги: kuchli bo‘ron, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2018 | Все права защищены | Реклама | Мы не несём ответственности за содержание. | Бесплатные произведения предназначены исключительно для предварительного ознакомительного прослушивания. Использование материалов сайта возможно только с письменного разрешения Администрации. |