Главная » 2020 » Сентябрь » 13 » Toshkentda kulrang Mercedes-Benz rangini qoraga o‘zgartirib, noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
12:25

Toshkentda kulrang Mercedes-Benz rangini qoraga o‘zgartirib, noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi


Toshkentda qiymati 300 million so‘mlik kulrang Mercedes-Benz rangini o‘zboshimchalik bilan qoraga o‘zgartirib noqonuniy sotayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bosh boshqarmasi xodimlari “Bojxona chegarasida olib o‘tilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nnizom talablari ijrosi yuzasidan Toshkent shahri hududida tezkor tadbir o‘tkazgan.

Tadbir davomida fuqaro U.B. qo‘shni davlat fuqarosi U.J. tomonidan majburiyatnoma asosida qaytarib olib chiqib ketish sharti bilan olib kirilgan, qiymati 300 million so‘mlik kulrang Mercedes-Benz E 350 rusumli avtoulovni o‘zboshimchalik bilan rangini qora rangga o‘zgartirib, noqonuniy tarzda sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatalari davom ettirilmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kulrang, sotmoqchi bo‘lgan, ushlandi, Mercedes-Benz, noqonuniy, o‘zgartirib, shaxs, rangini, qoraga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя