Главная » 2020 » Май » 29 » Toshkentda kuppa-kunduzi ayoldan katta miqdordagi pul tortib olindi
22:46

Toshkentda kuppa-kunduzi ayoldan katta miqdordagi pul tortib olindi


28 may kuni soat 14:20lar atrofida Toshkent shahrining Olmazor tumanida yashovchilar A.M., aka-uka D.I. va O.I.lar Chilonzor-7 dahasi 23-uy oldida shu uyda yashovchi F.A. va uning hamkasbi – Uchtepa tumanilik R.Sh. larni kuch ishlatish yo‘li bilan qo‘rqitib, F.A. ning qo‘lidan ichida 38 500 000 so‘m puli, fuqarolik pasporti va uyining kaliti bo‘lgan ayollar sumkasini tortib olgan.

IIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, zo‘ravonlar R.Sh.ning qo‘lidagi barsetkasini tortib olmoqchi bo‘lganlarida, u qarshilik ko‘rsatgan, shundan so‘ng ular D.I. boshqaruvidagi «Kobalt» avtomashinasiga o‘tirib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ichki ishlar xodimlarining amalga oshirgan chora-tadbirlari natijasida A.M., D.I. va O.I.lar ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi va 227-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergovni IIB olib bormoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kuppa-kunduzi, Toshkentda, olindi, ayoldan, Pul, tortib, katta miqdordagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя