Главная » 2020 » Февраль » 18 » Toshkentda Lexus haydovchisi tezlikni oshirgani uchun 29 marotaba kameraga tushgan
20:15

Toshkentda Lexus haydovchisi tezlikni oshirgani uchun 29 marotaba kameraga tushgan


Toshkent shahar yo‘llarida tezlikni o‘lchovchi radarlar o‘rnatilgan bo‘lishiga qaramasdan ayrim haydovchilar bir necha marotaba radarning e’tiboriga tushib, sodir etgan qoidabuzarligi uchun javobgarlikka tortilmoqda. Lekin, shunga qaramay tezlik talablariga amal qilmasliklari davom etmoqda, deyiladi IIV YHXBB axborot xizmati xabarida.

Misol uchun, “Lexus LX-570” rusumli transport vositasi egasi 2019 yil davomida 29 marta belgilangan tezlikni oshirishga yo‘l qo‘yganligi aniqlangan.

IIV bu toifadagi haydovchilar bilan profilaktik choralar ko‘rilishi natijasida mazkur transport vositasi haydovchisi 2020 yilda hali bunday qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ymasligi tarafdori ekanligini bildirdi. 

Shuningdek, haydovchilarga tezlikni oshirib, radarga tushish obro‘ni oshirmasligini, aksincha oilaviy byudjetga yoki og‘ir oqibatli yo‘l-transport hodisalarini keltirib chiqarishga, begunoh insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishiga yoki bir umrga nogiron bo‘lib qolishiga olib kelishini eslatdi.


Manba: "sof.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя