Главная » 2020 » Ноябрь » 15 » Toshkentda maktab hovlisidan 25 yoshli yigitning osilgan jasadi topildi
19:14

Toshkentda maktab hovlisidan 25 yoshli yigitning osilgan jasadi topildi


Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi maktabning orqa tomonidan 25 yoshli yigit osilgan holda topilgan. Bu haqda «Tez News»uning ichki ishlar tizimidagi manbalari ma’lum qildi.

Bosh prokuratura ushbu ma’lumotni «Tez News» muxbiriga tasdiqlab, jasad Yashnobod tumanida yashovchi 1995 yilda tug‘ilgan Ivan Reshatnyakka tegishli ekanini ma’lum qilgan. Shuningdek, yigitning 13 noyabr, juma kuni ertalab soat 07:30 da tumandagi Ohangrabo ko‘chasida joylashgan 212-maktab orqa tomonidagi temir panjara tashqarisida bo‘lgan isitish trubasiga o‘zini osgani aniqlangan.

Ma’lum qilinishicha, sud-tibbiy ekpertizasining dastlabki ma’lumotnomasida o‘lim sababi sifatida bo‘yin a’zolarining sirtmoqqa osilishi oqibatida kelib chiqqan mexanik asfiksiya ko‘rsatilgan.

Ichki ishlar tizimidagi manbaning ta’kidlashicha, Ivan Reshatnyakning cho‘ntagidan o‘zini osganida hech kim aybdor emasligini qayd etgan kompyuterda yozilgan tilxat chiqqan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: hovlisidan, osilgan, Toshkentda, Maktab, jasadi topildi, yigitning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя