Главная » 2020 » Ноябрь » 24 » Toshkentda mansabdor katta summa bilan ushlandi
16:45

Toshkentda mansabdor katta summa bilan ushlandi


Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati rahbari Hayot Shamsiddinov xabar berdi.

Tezkor tadbirda Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimdagi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘ruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 000 AQSh dollari talab qilib, shundan 10 000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, mansabdor, ushlandi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя