Главная » 2021 » Октябрь » 18 » Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi
21:27

Toshkentda mast ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi


Toshkent shahrida janjal sabab ota o‘g‘lini bolg‘a bilan urib o‘ldirib qo‘ydi, deya xabar bermoqda Oliy sud axborot xizmati.

Ma’lum bo‘lishicha, poytaxtning Yashnobod tumanida N.X. mast holda o‘g‘li Sh.X. bilan janjallashib qolgan. Ta’kidlanishicha, o‘g‘li uyiga bolali ayolni olib kelmoqchi bo‘lgan, otasi esa unga uyda joy yo‘qligini aytgan. Shundan so‘ng ular o‘zaro tortishgan va erkak o‘g‘li uxlab yotganini ko‘rib, uning boshiga bolg‘a bilan bir necha marta urib o‘ldirgan.

Sud-tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, marhumning o‘limiga bosh miya yumshoq pardasi ostiga qon quyilishi, boshning chap chakka-ensa va asos suyaklarining maydalanib sinishi sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan sud majlisida N.X. Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bilan aybli deb topilgan. Unga ushbu modda bilan 10 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: o‘g‘lini, urib, o‘ldirib, Mast, ota, bolg‘a | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar

Copyright © Tarona.net Media 2014-2021 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя