Главная » 2017 » Июнь » 26 » Toshkentda metro eshiklari yosh qizning boshini qisib qoldi
18:07

Toshkentda metro eshiklari yosh qizning boshini qisib qoldi


Voqea, 23 iyun kuni Toshkent metropoliteni bekatlarining birida yuz bergan. Bu haqda saytimizga ko‘ngilsiz voqea guvohlaridan biri xabar berdi.

Aytilishicha, voqea Amir Temur bekatida sodir bo‘lgan. Eshiklar yopilishi haqidagi ogohlantirishdan so‘ng eshiklar yopila boshlagan, shu vaqt bir qiz shoshib kelib, o‘zini vagon ichiga urgan. Qizning bosh qismi eshiklar orasida qolgan. Eshiklar tez fursatda qayta ochilgan va qizga hech qanday ziyon yetmagan.

Chamasi 18-19 yoshlar atrofida bo‘lgan kap-katta qizning o‘zini yosh bolalardek tutishi ko‘pchilikning e’tiborini tortgan.

Xabar beruvchi, bu holatni ommaga e’lon qilish hojati ham yo‘qdek ko‘ringanini aytdi. Lekin, shoshma-shosharlik orqasidan ba’zi insonlarning mayib-majruh bo‘lib qolishlari, ba’zi hollarda ehtiyotsizlik o‘limgacha olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.

Fuqarolardan o‘zini va yaqinlarining tinchliki va xotirjamligi uchun hamisha ehtiyotkor bo‘lishlarini so‘raymiz!

Musulmonbek Ibrohimov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: toshkent, boshi, metro eshiklari, qisib qoldi, yosh qiz | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя