Главная » 2017 » Июль » 4 » Toshkentda muqaddam sudlangan fuqaro o‘z qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi
17:21

Toshkentda muqaddam sudlangan fuqaro o‘z qo‘shnisini pichoqlab qo‘ydi


Joriy yilning 27 iyun, seshanba kuni taxminan soat 23:30 da, muqaddam sudlangan Subxangulov Andrey Damirovich Uchtepa tumanida qo‘shnisi Burxonov Mahmud bilan o‘zaro janjallashib qolgan.

Kelib chiqqan bezorilik oqibatida Andrey qo‘shnisi Mahmudga oshxona pichog‘i bilan og‘ir tan jarohati yetkazgan. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi xabar berdi.

Mazkur holat yuzasidan Uchtepa tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 104-moddasi 2-qismi “e” bandi (bezorilik oqibatida badanga og‘ir shikast yetkazish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: sud, Qo'shni, o'ldirdi, pichoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя