Главная » 2021 » Январь » 25 » Toshkentda «Neksiya» portladi. To‘rtta avtomobilga zarar yetdi
23:19

Toshkentda «Neksiya» portladi. To‘rtta avtomobilga zarar yetdi


Bugun, 25-yanvar kuni soat 16:50larda, Toshkent shahar, Mirzo Ulug‘bek tumani, «Bo‘z 2» dahasi 6a-uy qarshisida to‘xtab turgan, haydovchi 1985 yilda tug‘ilgan J.K. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomobilning gaz balloni portlab ketgan. Bu haqda YXHBB xabar berdi.

Portlash natijasida ushbu avtomobil yaqinida to‘xtab turgan «Neksiya-3», «Spark» va ikkita «Matiz» rusumli transport vositalari texnik shikastlangan.

Hodisa natijasida tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar FVB va IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: avtomobilga, Neksiya, Toshkentda, portladi, zarar yetdi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя