Главная » 2021 » Ноябрь » 3 » Toshkentda Nexia-3 olib qochgan 25 yoshli qiz ushlandi
16:32

Toshkentda Nexia-3 olib qochgan 25 yoshli qiz ushlandi


Toshkent shahri Chilonzor tumanida 25 yoshli qiz Nexia-3 olib qochdi, deya xabar bermoqda poytaxt IIBB axborot xizmati.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 1-noyabr kuni soat 14:42 larda Toshkent shahar IIBBga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan Nexia-3 rusumli 01 C 455 KB davlat raqam belgili avtomobil Chilonzor tumani 20-daha, 13 uy oldidan olib qochilgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida to‘sib ushlash rejasi e’lon qilinib, qidiruv ishlari amalga oshirildi.

Natijada shu kunning o‘zidayoq Toshkent viloyati, Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov tomonidan ushbu avtomobilga to‘xtash ishorasi berilishiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan. Kerakli chora tadbirlar amalga oshirilib, avtomobil to‘xtatilgan.

Dastlabki tergov oldi surishtiruv ishlari natijasiga ko‘ra, ushbu jinoyatni 1996-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B tomonidan sodir etilgani ma’lum bo‘lgan.

Shundan so‘ng fuqaro T.B. Toshkent shahar IIBB xodimlariga daliliy ashyolar bilan birgalikda topshirilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: olib qochgan, Nexia-3, Qiz, toshkent, ushlandi, 25, yoshli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя