Главная » 2020 » Август » 13 » Toshkentda o‘z farzandining murdasini yoqib yuborib, so‘ng uning yo‘qolgani haqida xabar bergan ayolga sud hukmi o‘qildi
15:07

Toshkentda o‘z farzandining murdasini yoqib yuborib, so‘ng uning yo‘qolgani haqida xabar bergan ayolga sud hukmi o‘qildi


5 yoshli qizini urib o‘ldirib, so‘ng murdasini o‘chog‘da yoqib, jasad yonmay qolgandan so‘ng esa uning suyaklarini Chirchiq daryosiga tashlagan er-xotinga sud hukm o‘qildi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” dasturida ma'lum qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2019-yil 24-oktabr kuni tushdan so‘ng ona birinchi turmushidan bo‘lgan 5 yoshli qizi ikkinchi turmushidan bo‘lgan 1,5 yoshli bolasining boshini hojatxona suviga solayotganini ko‘rib qolgan. Jahli chiqqan ona bor kuchi bilan bolani mushtlab urib, irg‘itib yuborgan.

“Qizaloq boshi bilan devor burchagiga urilgan. Tabiiyki og‘riqdan yig‘lashni boshlagan. Ona esa uni o‘qlov bilan urishda davom etgan. Qizaloq keyinchalik onasidan ‘og‘riyapti’, deb suv so‘ragan. Ayol bunga e’tibor qaratmasdan, uni qo‘llarini yuqoriga ko‘targizib burchakka turg‘izib qo‘ygan. Qiz xirillab, bo‘g‘ilib, nafas olishga qiynalayotganini ko‘rgan ona qo‘rqib ketib, turmush o‘rtog‘ini chaqirgan”, — deyiladi xabarda.

Ayolning qo‘ng‘irog‘idan so‘ng uning sha’riy nikohidagi eri Sergelida ijarada yashab turgan uyiga tezda yetib kelgan. Soat 17:00 larda qizaloq olingan tan jarohatlari oqibatida o‘sha uyning o‘zida vafot etgan. Ayol eriga qamalib ketgudek bo‘lsa, yosh bola bilan qolib ketishini aytib, qizchaning jasadidan qutilishda yordam so‘ragan.

So‘ngra ertasi kuni soat 05:00 lar atrofida Bo‘stonliq tumanidagi dala hovliga kelib, er-xotin jasadni o‘choqda yoqqan. Lekin jasad oxirigacha yonmagach, murda qoldiqlarini yo‘qotish uchun uni Chirchiq daryosiga oqizib yuborgan.

Qotillik o‘tganidan 10 kun o‘tib ona qizaloqning buvisi sabab IIBga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Qayd etilishicha, o‘tgan yillar davomida qotil ona shar’iy nikohdagi eri bilan Rossiyada yashab, ikki o‘g‘il farzandli bo‘lgan. 5 yoshli qizaloq esa buvisining uyida yashab kelgan. Jinoiy ishda sherik bo‘lgan er-xotin esa Toshkentga qaytganidan so‘ng qizchani buvisining qo‘lida o‘z tarbiyasiga olgan.

Qizaloq buvisining “nabiram qayerda?”degan so‘rovlaridan qochish va o‘z aybini yashirish maqsadida ayol Compass savdo markaziga borib, qizini yo‘qotib qo‘yganini bildirgan.

Tezkor-tergov guruhi tomonidan J.N. va uning shar’iy nikohdagi eri M.F.ning ko‘rsatmalari shubha ostiga olinib, qidiruv tadbirlariga qaramasdan, farzandi bir kun mobaynida topilmaganligi sababli u qotillik jinoyati qurboni bo‘lganligi gumoni asosida Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Oradan 10 oy o‘tib Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudida jinoyatchi er-xotinga nisbatan hukm o‘qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, ayolga 13 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Uning eri esa aybsiz deb topilib, reabilitatsiya qilingan hamda 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Hukm o‘qilgan bo‘lsa-da, qotil ona o‘z aybini tan olmagan. 5 yoshli qizaloqning murda suyaklari ayolning onasiga dafn etish uchun berilgan.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: xabar bergan, Toshkentda, yo‘qolgani haqida, murdasini, sud hukmi o‘qildi, yoqib yuborib, o‘z farzandining, ayolga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя