Главная » 2017 » Май » 10 » Toshkentda oilasini IShIDga qo‘shilishga undagan ayol aniqlandi
18:27

Toshkentda oilasini IShIDga qo‘shilishga undagan ayol aniqlandi


MXX xodimlari hamda Shayxontoxur tumani IIB tomonidan birgalikda olib borilgan operativ chora-tadbirlar natijasida IShID jinoiy guruhiga kirishga undayotgan ayol qo‘lga olindi.

Tergov jarayonida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan 1968 yilda tug‘ilgan ayol qidiruvda ekani aniqlandi. Ayol bundan bir necha oy ilgari Suriya Respublikasiga jo‘nab ketgan bo‘lib, u yerda terrorchilik faoliyatini yuritish bo‘yicha tahsil olgan va IShID guruhiga qo‘shilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Telegram messenjeri yordamida ayol qurol hamda terrorchi kiyimidagi turli suratlar va video materiallarni jo‘natish orqali butun oilasini IShID guruhiga kirishga undagan. Bundan tashqari, jinoyatchi ayol o‘g‘li va turmush o‘rtog‘iga terrorchilik faoliyatini olib borishni o‘rgatgan.

Ushbu voqea bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 155/2-1-moddasi bo‘yicha (Terrorchilik faoliyatini amalga oshirish maqsadida ta’lim olish va harakat qilish) jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov ishlari olib borilmoqda.

Bobur Jalolov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, oilasi, ayol aniqlandi, qo‘shilishga undagan, IShID | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя