Главная » 2020 » Апрель » 23 » Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi
09:43

Toshkentda PPX mashinasida chaqaloq dunyoga keldi


Toshkent shahar IIBB PPX brigadasi 4-son batalyoni 4-otryadi xodimlari patrullash davomida Uchtepa tumani Istirohat ko‘chasi va Toshkent xalqa avtomobil yo‘li kesishmasida ikki nafar ayolni ko‘rganlarida soat tungi ikki atrofida bo‘lgan. Ayollardan biri esa homilador edi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Holatni tushuntirishga hojat yo‘q: yosh ayol zudlik bilan tug‘ruqxonaga yetkazilishi kerak edi. Xodimlar bo‘lajak onani va uning qaynonasini mashinaga o‘tqazib, eng yaqin shifoxona tomon yo‘l olishadi.

3-son Shahar bolalar klinik shifoxonasigacha (oldingi «Ona va bola» markazi) oz masofa qolganda ayolning dardi tutadi.

Shu onda safdor S. Muradov va B. Toshpulatovlar malaka oshirish darslarida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘rganganlarini amalda qo‘llaydi. PPX moshinasida chaqaloq dunyoga keladi. Buvi va ona PPX xodimlariga yordam uchun minnatdorchilik bildirishadi.

Yosh ona va go‘dak shikoforlarga topshirilgan. Tibbiyot xodimlarining qayd etishicha, ona va go‘dakning ahvoli qoniqarli bo‘lgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: dunyoga keldi, mashinasida, PPX, Toshkentda, Chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя