Главная » 2017 » Апрель » 10 » Toshkentda propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi
13:58

Toshkentda propiska qilishi mumkin bo‘lgan tashkilotlar soni bittaga ko‘paydi


Ma’lumki, xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat hokimiyati idoralari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, respublika miqyosidagi boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxati tasdiqlangan edi.

Ushbu ro‘yxatga Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Konstitutsiyaviy sud, Oliy va Oliy xo‘jalik sudi, Bosh prokuratura, Milliy xavfsizlik xizmati, Markaziy bank, vazirlik va davlat qo‘mitalari, Toshkent shahri va Toshkent viloyati hokimliklari singari 59 tashkilot va kompaniyalar kiritilgandi.

Hukumatning 5 apreldagi qaroriga binoan mazkur ro‘yxatga yana bir tashkilot nomi qo‘shildi, deb xabar berdi Norma.uz. Endi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik va mintaqalararo tadqiqotlar instituti o‘z xodimlarini Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga qo‘yishi mumkin.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, mumkin bo‘lgan, ko‘paydi, propiska, tashkilotlar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя