Главная » 2019 » Декабрь » 14 » Toshkentda qiz rashk sababli sevgan yigitini pichoqladi. Yigit esa hali ham u bilan turmush qurish niyatida
09:05

Toshkentda qiz rashk sababli sevgan yigitini pichoqladi. Yigit esa hali ham u bilan turmush qurish niyatida


Toshkent shahrida rashk sababli kelib chiqqan janjal oqibatida qiz o‘z sevgan yigitini pichoqladi. Yigit esa baxtli tasodif bilan omon qoldi. Bu haqda “Sevimli” telekanalining “Zamon” axborot dasturi xabar beradi.
 

Qizning aytishicha, u yigiti bilan rashk sababli tez-tez janjallashib turgan, shunday janjallardan birida u yigitining telefonini olib qo‘ygan va uni uyiga olib ketgan.

Mazkur janjaldan keyin yigit mast holatda tungi soat 03:00 va 04:00 orasida qizning uyiga janjal qilib kelgan. Yigit unga qarshi chiqqan qizning otasini urgan, bundan jahli chiqqan qiz esa sevgilisini pichoqlagan.

Shu kunning o‘zida qiz mazkur harakati uchun qamoqqa olingan. Sud mazkur ishni ko‘rib chiqqan. Ish bo‘yicha qoralovchi qizga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan besh yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini so‘ragan.

Biroq mahalla fuqarolar yig‘inining kafolati, shuningdek, qizning qilgan ishidan pushaymon ekanligi va jabrlanuvchining da’vosi yo‘qligini hisobga olib, sud qizga to‘rt yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Rashk tufayli sevgilisining hayotiga xavf solgan qiz mahalla va sudning kelishuvi asosida qamoq jazosidan qutulib qoldi.

Jabrlanuvchi yigitning ma’lum qilishicha, u qiz bilan turmush qurish niyatidan qaytmagan, uning ota-onasi ham bunga rozi bo‘lgan. Yigit qiz bilan baxtli yashashiga umid bildirmoqda.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя