Главная » 2020 » Октябрь » 29 » Toshkentda qo‘shnisining mushugini otgan shaxs javobgarlikka tortildi
17:59

Toshkentda qo‘shnisining mushugini otgan shaxs javobgarlikka tortildi


Toshkentda qo‘shnisining mushugini otgan shaxs javobgarlikka tortildi, deb xabar beradi “Mehr va oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati.

Ma’lumotlarga ko‘ra, oktabr oyining o‘rtalarida Toshkentning Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi ayol o‘z mushugini qo‘shnisi otib tashlagani to‘g‘risida “Mehr va oqibat” nodavlat notijorat tashkilotiga murojaat qilgan.

Keyinroq uy hayvonining egasi kerakli hujjatlarni to‘plab (ikkita o‘q aniqlangan rentgen surati, shuningdek, patologoanatomik xulosa), Mirobod tumani 4-sonli IIBga ariza yozgan. Uchastka noziri esa yetarlicha dalillar yo‘qligiga ishora qilib, ishni sudga oshirishdan bosh tortgan va tomonlarni yarashtirib qo‘yishga uringan. Biroq Hayvonlarni himoya qilish jamiyati huquqshunoslari ishni sudgacha olib borgan.

Ta’kidlanishicha, sud mazkur ishni ko‘rib chiqqan va mushukni otgan fuqaroga nisbatan BHMning 2 barobari miqdorida (446 ming so‘m) jarima belgilagan.

Avvalroq Toshkentda uxlayotgan itga qaynoq suv to‘kkan xavfsizlik xodimi ishdan olingani to‘g‘risida xabar berilgandi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: javobgarlikka tortildi, qo‘shnisining, otgan, mushugini, shaxs, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя