Главная » 2021 » Октябрь » 8 » Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni qayd etib, IIBga yuboruvchi fuqaro “samosud” qilinayotgani aytilgan videoga izoh berildi
22:12

Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni qayd etib, IIBga yuboruvchi fuqaro “samosud” qilinayotgani aytilgan videoga izoh berildi


Ijtimoiy tarmoqlarda haydovchi yo‘l harakati qoidabuzarliklarini tasvirga olib, ichki ishlar organlariga jo‘natmoqchi bo‘lgan fuqaroni “samosud” qilmoqchi bo‘lgani aks etgan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha, videodagi voqea 1-oktabr kuni soat 17:00 da Uchtepa tumani Toshkent halqa avtomobil yo‘lida, “O‘rikzor” bozori yaqinida sodir bo‘lgan. Huquqbuzar 1996-yilda tug‘ilgan X.E. ekanligi aniqlangan va Uchtepa tumani IIO FMB 3-sonli ichki ishlar bo‘limiga yetkazilib, u bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.

Bundan tashqari, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan va to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rilishi uchun sudga yuborilgan.

Keyinroq X.E. holat uchun fuqarodan uzr so‘rab, videomurojaat qildi. “Tushunmovchilik bo‘lib, videoda aytgan gapim noto‘g‘ri, akamiz unday inson emas ekan. O‘zlaridan ham uzr so‘radim”, — degan huquqbuzar.

Avvalroq Toshkentda qoidabuzar haydovchilarni suratga olib, IIBga jo‘natgani aytilgan fuqaro bilan janjallashgan shaxslar qidirilayotgani haqida xabar berilgan edi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: haydovchilarni, IIB, qoidabuzar, samosud | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя