Главная » 2020 » Февраль » 23 » Toshkentda quruvchi 81 tup daraxtni kesib tashladi. Qonunbuzarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi va qariyb 2 mlrd so‘m undirildi
14:56

Toshkentda quruvchi 81 tup daraxtni kesib tashladi. Qonunbuzarlarga jinoiy ish qo‘zg‘atildi va qariyb 2 mlrd so‘m undirildi


Toshkent shahri Yakkasaroy tumani hududida qurilish ishlari olib borayotgan kompaniya 81 tup daraxtni kesib tashlagach, qonunbuzarlardan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m miqdorida zarar undirildi. Prokuratura daraxtlarni kesishga ruxsat bergan hokim o‘rinbosari va qurilish kompaniyasi mansabdorlariga jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

21 fevral kuni Toshkent shahar ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish boshqarmasi inspektorlari Yakkasaroy tumani, Yu.Rajabiy ko‘chasi 66/1, 66/2, 66/3, 66/4 hamda 72-uylar oralig‘ida 81 tup daraxt kesib tashlanganini aniqladi.

«20 fevral kuni mazkur yer maydonida jami 81 dona, jumladan 6 dona «qayrag‘och», 3 dona «zarang», 1 dona «akatsiya», 11 dona «aylantus», 24 dona «shumtol», 10 dona «safora», 3 dona «eman», 9 dona «brussonetiya» (qog‘oz daraxti), 14 dona «tut» daraxtlari kesilgan. Yakkasaroy tuman hokimligi tomonidan jami 70 dona daraxtlarni kesilishi yuzasidan ruxsatnoma berilgan (hujjat sanasi ko‘rsatilmagan). Ruxsatnomada ko‘rsatilmagan daraxtlarning noqonuniy kesilishi natijasida o‘simlik dunyosiga 74,7 mln so‘m miqdorida zarar yetkazilgan», deyilgandi xabarda.

21 fevral kuni mazkur holat bo‘yicha hujjatlar huquqiy baho berish uchun Toshkent prokuraturasiga taqdim etilgan.

22 fevral kuni Toshkent shahri hokimligi shaharda daraxtlar kesilishi holati davlat nazoratiga olingani ma'lum qilindi. Poytaxt hokimligi va Toshkent shahar prokuraturasi hamda barcha aloqador tashkilot, idoralar tarkibida ishchi guruh tuzilgan.

Bugun, 23 fevral kuni Toshkent shahri prokuraturasi o‘simlik dunyosiga yetkazilgan zarar undirilgani haqida ma'lumot berdi.

Prokuratura xabarida aytilishicha, «Building And Supplies» MChJ tomonidan unga ajratilgan yer maydonidagi ko‘p yillik 81 tup daraxt qonunga zid ravishda kesilgani oqibatida o‘simlik dunyosiga 630,4 mln so‘m moddiy zarar yetkazilgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar prokuraturasi tomonidan Yakkasaroy tumani hokimligi va «Building And Supplies» MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Dov-daraxtlarni kesishga ruxsatnoma bergan Yakkasaroy tumani hokimi o‘rinbosari A.Sattarov jinoyat ishi bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan, «Building And Supplies» MChJ rahbari A.Qodirovga ayblov e'lon qilingan.

Jinoyat kodeksining 198-moddasi 4-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zarar uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanmaydi.

Dastlabki tergovda ayblanuvchilar A.Sattarov va A.Qodirovdan 1 mlrd. 891,3 mln. so‘m undirildi.
«Yunus Rajabiy» mahallasi hududida noqonuniy kesilgan dov-daraxtlar yer maydoni tezkorlik bilan tozalanib «Lipa», «Beryoza», «Kashtan» va «Pavloniya» daraxtlari ekilishi tashkil qilindi.

 


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя