Главная » 2020 » Октябрь » 5 » Toshkentda to‘ydagi “o‘q uzishlar” bo‘yicha tezkor xabar berildi
00:13

Toshkentda to‘ydagi “o‘q uzishlar” bo‘yicha tezkor xabar berildi


Internet tarmog‘ida to‘ydagi mehmonlardan biri osmonga qarata to‘pponchadan o‘q uzayotgani aks etgan video tarqamoqda.

Mazkur fakt bo‘yicha quyidagilarni ma’lum qilamiz. Toshkent shahar IIBB tomonidan mazkur video o‘rganildi, videodagi odamlarning, xususan o‘q uzgan kishining shaxsi aniqlandi.

O‘q uzgan kishi – Toshkent viloyatilik 25 yoshli Salixov Ulug‘bek ekanligi ma’lum bo‘ldi. Uning so‘zlariga qaraganda, u qarindoshi bo‘lmish kuyovga to‘y kuni kuyov-jo‘ralik qilgan. 19 sentyabr kuni kuyov va uning do‘stlari Chilonzor tumaniga kelinning uyiga kelishganida, Ulug‘bek keyinchalik “qiziqarli rolik” tayyorlash uchun bozordan sotib olgan o‘yinchoq plastmass to‘pponchani osmonga ko‘targan. Shu lahzalar videooperatorlar tomonidan tasvirga tushirilgan. 4 oktyabr kuni kechqurun Ulug‘bekning o‘zi videoni montaj qilib, o‘q uzish tovushlarini qo‘shgan va videoni instagramdagi sahifasiga joylagan. Keyinchalik mazkur videoni internetda tarqatgan.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: tezkor, xabar berildi, o‘q uzishlar, to‘ydagi, Toshkentda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя