Главная » 2018 » Май » 2 » Toshkentda to‘yiga 3 kun qolgan kuyov nafsi sabab 11 yilga qamalib ketdi
18:04

Toshkentda to‘yiga 3 kun qolgan kuyov nafsi sabab 11 yilga qamalib ketdi


O‘tgan yilning 24 iyul kuni kechasi soat taxminan 3:30larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga uch nafar fuqaro talonchilik maqsadida bostirib kirib, uy egasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu haqda shahar IIBB axborot-multimediya xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tumandagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 328-xonadonga uch nafar bosqinchi shaxs yuzlariga niqob taqib, qurollangan holda kirib kelgan va uy egasi Ahmedovaga kuch ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Shuningdek, bosqinchilar uy egasining turmush o‘rtog‘i Salaevga nisbatan pnevmatik qurol ishlatgan holda uydagi 3 mln.dan ortiq tovar-moddiy boylikni olib ketishgan.

Jinoyatchilar ushu bosqinchilikni puxta amalga oshirgan. Ularning 3 nafari uyga talonchilik uchun kirgan bo‘lsa, 2 nafari tashqarida ularni ogohlantirib turgan. Biroq jinoyatchilar xonadonning chetiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi borligini hisobga olishmagan.

Ushbu ish IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilganda gumonlanuvchilar Sultonboyev, Roziqov, Kamoliddinov va I.Izzatullaevlar ekanligi oydinlashdi.

Ushbu guruh a’zosi I.Izzatullaev oldin ham muqaddam sudlangani va qamoqdan chiqqaniga 5 oy bo‘lgani achinarlidir. Kamiga uning nikoh to‘yiga atiga uch kun qolganida nafsi tufayli u 11 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jinoiy guruhning qolgan a’zolari ham sud hukmi bilan 10-12 yil muddatga ozodlikdan chetlatildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu jinoyatchilarning ko‘pchiligi ziyoli oilasidan ekani ta’kidlanmoqda. Ikki nafari esa muqaddam sudlangan bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ularning juda yosh, kuch-quvvatga to‘lgan navqiron paytida bunday yo‘lni tanlashi juda achinarli hol, albatta.

Temur Nazarov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: 3 kun, To‘y, nafsi sabab, qamalib ketdi, qolgan, 11 yilga, toshkent, Kuyov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя