Главная » 2019 » Декабрь » 12 » Toshkentda tovlamachi ayol oʻz mijozini antiqa tarzda chuv tushirdi.
21:39

Toshkentda tovlamachi ayol oʻz mijozini antiqa tarzda chuv tushirdi.


Toshkentda iissiq-sovuq qilish bilan shugʻullanadigan tovlamachi ayol oʻz mijozini antiqa tarzda chuv tushirdi, deb xabar qilmoqda IIBB.  Mirobod tumani huquq tartibot idoralariga 28 yoshli A.Z. murojaat qilib, 20 yoshli S.V.ga nisbatan chora koʻrishni soʻraydi.

Maʼlum boʻlishicha, S.V. fuqaro A.Z.ning ishonchiga kirib, “mijozi” aytgan yigit bilan uning taqdirini “bogʻlab” qoʻyishga yordam berishini aytadi.  Ushbu "xizmatlari" uchun esa A.Z.ga tegishli boʻlgan 450.000 soʻm va umumiy qiymati 32.890.000 soʻm boʻlgan tilla taqinchoqlarni qoʻlga kiritadi.

Ammo "sehrgar" vaʼdasida turmaydi va pullarni oʻz ehtiyojiga sarflab yuboradi.

Qayd etilishicha, ushbu fakt asosida hozirda Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi ("Firibgarlik") boʻyicha jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.

“Hurmatli fuqarolar, agar siz firibgarlik qurboni boʻlgan boʻlsangiz, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qiling” deyiladi IIBB xabarida.


| Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя