Главная » 2018 » Январь » 24 » Toshkentda uy-joyni propiskasiz rasmiylashtirish tartibi qachon ishga tushadi?
22:54

Toshkentda uy-joyni propiskasiz rasmiylashtirish tartibi qachon ishga tushadi?


Odamlar birovning nomida bo‘lgan uyini o‘z nomiga o‘tkazish yoki o‘z nomiga uy-joy sotib olish bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirishni talab qilmoqda, deb yozadi O‘zA.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 22 yanvardagi Farmoni bilan “Faol tadbirkorlik, innovasion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturi tasdiqlandi. Unda nazarda tutilgan umidbaxsh g‘oya va maqsadlar yurtdoshlarimizni befarq qoldirmadi.

Davlat dasturi tasdiqlanishi bilan adliya, xususan, notarial idoralarga murojaatlar soni keskin oshgani kuzatilgan.

Buning boisi Davlat dasturida Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan fuqarolar uchun asossiz spekulyatsiyaning oldini olish choralarini ko‘rgan holda ikkilamchi bozordan ko‘chmas mulk sotib olishga bo‘lgan cheklovlarni bekor qilish nazarda tutilganidir.

– Ko‘pchilik bu yangilikni eshitishi bilan uy-joy kadastr hujjatlari bilan notariuslar huzuriga oshiqmoqda, – deydi Mirobod tumani 3-sonli davlat notarial idorasi notariusi Ra’no Komilxo‘jayeva. – Aynan shu masala bo‘yicha telefon qo‘ng‘iroqlarining ham oxiri ko‘rinmayapti. Odamlar Davlat dasturi tasdiqlanishi bilan birovning nomida bo‘lgan uyini o‘z nomiga o‘tkazishga yoki o‘z nomiga uy-joy sotib olish bilan bog‘liq notarial harakatlarni amalga oshirishimizni talab qilmoqda. Ularga zarur huquqiy tushuntirish beryapmiz.

Darhaqiqat, ushbu masala ko‘pdan buyon odamlarni qiynab kelayotgan edi. Shu bois ushbu masala bilan bog‘liq axborotlar xalqimiz orasida, ijtimoiy tarmoqlarda qizg‘in bahs-mulohazalarga sabab bo‘lgani ham sir emas.

Xo‘sh, fuqarolarni qiynagan bu masala amalda qachon yechimini topadi?

– Davlat dasturi yil davomida amalga oshiriladigan amaliy ishlar, qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar aks ettirilgan yirik hujjatdir, – deydi Adliya vazirligi qonunchilik bosh boshqarmasi boshlig‘i Xudoyor Meliev. – 2018 yilga mo‘ljallangan Davlat dasturi 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, shu asosda 37 qonun ishlab chiqiladi. 142 normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish hamda turli sohalarni qamrab oladigan 52 amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Davlat dasturining 56-bandida ko‘rsatilgan fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari kafolatlarini ta’minlash maqsadida doimiy va vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish (hisobga olish) tartibini soddalashtirishga oid ishlar bo‘yicha Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari mas’ul qilib belgilangan. Mazkur band bo‘yicha 2018 yil 20 martgacha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqiladi. Bu loyihalar joriy yilda amalga oshiriladigan ishlarga oid Davlat dasturida belgilangani uchun ham shu yilning o‘zida qabul qilinishi mumkin. Mazkur hujjatlar kuchga kirganidan keyin amaliy ishlarga kirishiladi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя