Главная » 2017 » Июль » 1 » Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o‘ldirildi
19:22

Toshkentda yana bir kollej bitiruvchisi tengdoshlari tomonidan kaltaklab o‘ldirildi


Toshkentdagi birinchi yuridik kollejning bitiruvchisi Akmal Abdurahmonov 28 iyun, chorshanba kuni kechqurun Yunusobod tumanidagi Qoshg‘ar massivi (S-4) hududida o‘z tengdoshlari tomonidan kaltaklanishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda “Daryo” xabar bermoqda.

Nashrning yozishicha, yigitning o‘limi haqidagi xabarlar Facebook ijtimoiy tarmog‘ida tarqalgan. Voqea guvohlarining yozishicha janjallashayotgan yigitlarni darhol ajratishgan. Ichki ishlar va tez yordam xodimlari darhol yetib kelgan. Biroq Akmalning hayotini saqlab qolishga muvaffaq bo‘linmagan.

Toshkent shahar IIBBning aniqlik kiritishicha, dastlab Jinoyat Kodeksining 104-moddasi 1-qismi bilan (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Biroq Akmalning o‘limidan so‘ng Respublika neyrojarrohlik ilmiy markazida ish 104-moddaning 3-qismiga (jabrlanuvchining o‘limiga sabab bo‘luvchi qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) o‘zgartirilgan.

Toshkent shahar IIBBning «Gazeta.uz»ga ma’lum qilishicha, Yunusobod tuman IIBning tergov-tezkor guruhi bu ish bo‘yicha surishtiruv olib bormoqda. Tergov siri va guvohlarning xavfsizligi yuzasidan gumonlanuvchilarning ismlari va soni hozircha ma’lum qilinmaydi.

Facebook’da tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Akmal mehribon, faol, quvnoq va ko‘ngilchan bo‘lgan: «Itlarni, ayniqsa, «pitbul» zotini yaxshi ko‘rgan, yosh bolalarni yoqtirgan. Do‘stlarini himoya qilgan va hech qachon og‘ir vaziyatda tashlab ketmagan. Buvilariga yordam bergan va ularning sevimlisi bo‘lgan. Sport bilan shug‘ullangan, baquvvat va baland bo‘yli bo‘lgan. U yaqinlarining faxri bo‘lgan».

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda xuddi shunday holat bo‘yicha Borovskiy nomidagi tibbiyot kollejining o‘quvchisi Jasur Ibrohimov o‘limi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda

 


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bitiruvchi, o'ldirildi, kollej, o'ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя