Главная » 2020 » Июнь » 8 » Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi
16:50

Toshkentda yana bir xalqaro universitet filiali ochiladi


Normativ huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida Federal davlat byudjet oliy ta’lim muassasasi "Sankt-Peterburg davlat universiteti" filialini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokama uchun qo‘yildi. Bu haqda Toshkent shahar Matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga muvofiq, mazkur filial Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining Toshkent shahri, Mirobod tumani, M.Oybek ko‘chasi, 16A uy manzilida joylashadi. Unda ta’limning kelishilgan asosiy yo‘nalishlari (mutaxassisliklari) bo‘yicha barcha darajadagi mutaxassislarni tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash amalga oshiriladi.
 

Filialda ta’lim Rossiya Federatsiyasi qonunchiligiga muvofiq, Sankt-Peterburg davlat universiteti tomonidan tasdiqlangan o‘quv reja va dasturlari asosida belgilangan ta’lim standartlariga mos ravishda rus tilida olib boriladi.

Abituriyentlarni qabul qilish va Filial bitiruvchilarini attestatsiyadan o‘tkazish O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda universitet tomonidan belgilangan talablar, tartib va muddatlarda amalga oshiriladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, ochiladi, universitet filiali, Xalqaro | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя