Главная » 2020 » Январь » 3 » Toshkentda yangi yagona qisqa raqam tizimini yaratish taklif etildi
22:01

Toshkentda yangi yagona qisqa raqam tizimini yaratish taklif etildi


Toshkent shahrida favqulodda vaziyat holatlarida qo‘ng‘iroq qilinadigan yagona qisqa raqam tizimini yaratish taklif etilmoqda. Tegishli petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida e`lon qilindi.

“Toshkent shahri aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida “Aqlli shahar” (Umnyy gorod) konsepsiyasiga qo‘shimcha tarzda turli favqulodda vaziyat holatlarida qo‘ng‘iroq qilinadigan telefon raqamlarini (101, 102, 103, 104) yagona raqamga birlashtirishni taklif qilaman”, - deb yozadi murojaat muallifi.

Bildirilishicha, favqulodda vaziyat (avariya, yong‘in, betoblik, is gazi chiqishi kabi) holatlarida odamning o‘zini yo‘qotib qo‘yishi natijasida raqamlarda adashish yoki tegishli raqamni yoddan chiqarib bir necha tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilishi va vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda. 

Yagona raqamga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uch tilda so‘zlay oladigan operator xizmatidan foydalanishni ta'minlab, operatorning fuqarodan avariya tafsilotlarini aniq o‘rganishi, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda, buyurtma qabul qilish jarayonida qo‘ng‘iroq qiluvchining joyini tez aniqlashi avariya joyigacha bo‘lgan qisqa yo‘nalishni tanlashini ta'minlaydi. 

Fuqaro bilan suhbatlashgandan so‘ng operator o‘t o‘chirish xizmatiga, yong‘inda jabrlanuvchilar bo‘lsa, tez yordam xizmatiga o‘zi qo‘ng‘iroqni amalga oshiradi hamda o‘rganilgan marshrut va qolgan ma'lumotlarni taqdim qiladi. Shuningdek, operator ijrochini nazorat qiladi va hisobotini olib, monitoringini yuritishi ham mumkin.

“Shu sababli, Toshkent shahar aholisi uchun favqulodda vaziyat holatlarida qo‘ng‘iroq qilinadigan yagona qisqa raqam tizimini yaratishni taklif qilaman”, - deya yakunlangan petitsiya.


Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя