Главная » 2020 » Октябрь » 23 » Toshkentda yangi yo‘l belgisi o‘rnatiladi
21:27

Toshkentda yangi yo‘l belgisi o‘rnatiladi


Toshkent ko‘chalarida yangi – “YTH sodir bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismi” yo‘l belgisi paydo bo‘lishi mumkin. Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xorijiy tajribaga asoslanib, yangi yo‘l belgisini joriy etish maqsadga muvofiqligini o'rganmoqda.

Mazkur yo‘l belgisi haydovchi va piyodalarni yo‘l-transport hodisalari ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismiga yaqinlashib kelayotganlari haqida ogohlantiradi. Ma’lum yo‘l qismining xavfliligi statistik ma’lumotlar va mavjud sharoitlarni (yo‘l qoplamasi, ko‘rinishni to‘suvchi yo‘l chetidagi daraxtlar, bino va inshootlar va boshqalar) inobatga olgan holda baholanadi. Xususan, yo‘l-transport hodisalari ro‘y berishi ehtimoli yuqori bo‘lgan yo‘l qismlariga o‘tgan chorak davomida uch martadan ko‘p YTH ro‘y bergan hududlar kiritiladi.

Yangi ogohlantirish chetlari qizil rang bilan chegaralangan va o‘rtasida qora rangli nuqtasi bo‘lgan oq rangdagi uchburchak belgi ko‘rinishida bo‘lishi kutilmoqda. Uning ostida to‘rtburchak shaklda ikki avtomobilning to‘qnashuvi yoki avtomobil va piyoda ishtirokida YTH aks etgan rasmli izoh berilgan belgi ham o‘rnatiladi.

Belgi xavfli hududdan 100-150 metr oldin o‘rnatilib, natijada yo‘l harakati qatnashchilarida chora ko‘rishlari uchun vaqt bo‘ladi. Haydovchi tezlikni pasaytirishi, harakatlarni ehtiyotlik bilan amalga oshirishi zarur bo‘ladi. Piyodadan esa yo‘lni ehtiyot bo‘lib kesib o‘tishi talab etiladi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, o‘rnatiladi, yo‘l belgisi, Yangi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя